REJA :

1.   Z.M.Boburning yoshligi.

2.   Saltanat    shohi.

3.  Navoiyga  maktub.

4. O`z yurtni qo`yub….

5. ”Boburnoma”ning  yaratilishi.

6.  Asarlardan namunalar.

(1483 – 1530)

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». .( Eduard Xolden).
Bobur (arabcha, «sher») 1483 yil 14 fevraldda Farg‘ona viloyatining poytaxti  Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494 yil 9 iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi (39 yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo – Abdusaid Mirzo – Sulton Muhammad Mirzo – Mironshoh – Amir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan. Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi – o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497, 1500 yillarda Samarqandni, 1502 – 1503 yillarda Osh va uning atroflarini egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi.

Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib, orqasiga she’r ham bitib yuboradi. Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519 – 1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526 yil 21 aprelda Hind Sultoni Ibrohim Lo‘diyning qo‘shininiyengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi. Bobur1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismigadafn etiladi. 1533 yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga,  «Bog‘iBobur» ga  ko‘chiriladi.  Boburiylar sulolasi 1483 – 1858 yillar mobaynida hukm surgan.

 

Z.M.Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519 yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528 – 29 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qit’a, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan. Boburning 4 ta o‘g‘li, 3 qizi bo‘lib, shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan. Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi. 3. M. Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.

Asarlari: «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot» («Zakot bayoni», o‘g‘li Xumoyunga bag‘ishlagan, 1521), «Muxtasar» (1523-1525 y, aruz vazni haqida), «Harb ishi» va «Musiqa ilmi» (bu ikki asar topilmagan), «Qoldimu?» radifli g‘azali (1507 yilda Hirot-Qobul yo‘lida yozilgan), «Topmadim» («Samarqandni ikki marotaba qo‘ldan berish iztirobi» yoritilgan g‘azal) va boshq.

«Boburnoma» haqida
Bu asar dastlab «Vaqoe’» («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiya» nomlarini olgan. Oxirida «Boburnoma» bo‘lib shuhrat qozongan. Asarda 1494 – 1529 yillarda Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan voqealar aks etgan. Lekin 910 (1504-1505), 915 (1509-1510), 924 (1518-1519), 927 (1520-1521), 928 (1521-1522), 930 (1523-1524), 931 (1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. «Boburnoma» ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bo‘lib, jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi. Asarni 1857 yilda Qozonda N I.Ilminskiy, 1905 yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma» dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarda 2 jildda nashr etilib, 1960 va 1989 yillarda uning tuzatilgan nashri amalga oshirildi. «Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 1586 yilda fors tiliga o‘girilgan. Yodnoma Ovro‘poga XVIII asrning boshida kirib bordi. 1705 yilda Vitsen kitobni golland tiliga tarjima qilib, Amsterdamda chop etdi. 1526 yilda J. Leyden va V. Erksin uning inglizcha tarjimasini, 1871 yilda Pave de Kurteyl frantsuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashit Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 martaingliz (1826, 1905. 1921, 1922), 3 marga frantsuz (1871, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o‘girilib, nashr etildi.

Boburning hayoti va faoliyatiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida frantsiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQShlik Xarold Lembning «Bobur – yo‘lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse – romani bor. Hindistonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida P. Qodirov, B. Boyqobilov, X. Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar.«Boburnoma» da ilm-fan, san’at, adabiyot ahli xususida keng fikr yuritilgan. Kitob muallifi Apisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Shayximbek Suhayliy, Ahmad Hojibek, Behzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoiru san’atkorlar haqida ma’lumotlar bergan, asarlaridan namunalar keltirgan. Bu asarda 1502 yilga Axsiga yaqin Karnon degan joyda Bobur yolg‘izlanib, o‘lim bilan yuzlashganda namoz o‘qish chog‘i uyqu elitgan Boburning tushiga temuriylarning piri, islom olamining mo‘‘tabar siymolaridan Xoja Ubaydulloh Ahror kirib, yordam berajagini aytishi epizodi ham keltirilgan.

Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483     y. 14 fevral)da tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan. Lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni” ga jamlangan. To’liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin.

Bobur  she’riyati intellektual qalb izhorisifatida ardoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir.Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.Boburning ulug’ asari “Boburnoma” bo’lib, uni “Vaqoe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to‘ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.“Boburnoma”ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga,  Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan. Yangi alifbo-“Xatti Boburiy”ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi.Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot” (1521), aruz vazni haqidagi “Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor. “Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining “Volidiya” asarinio’zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas. (Literature.uz dan)

Devon. Zahiriddin Muhammad Bobur

* * *
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

 

Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

* * *
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

 

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

* * *
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.

Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.

 

Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen…