Sinf:

Mavzu: Xuquqlar olamiga marhabo!

Dars nomi: Toma toma ko’l bo’lur!

Vaqt: 45 minut.

Ta’limiy maqsad: Konstitutsiya xaqida bilimlarni kengaytirish.

Tarbiyaviy maqsad: Xuquqlarni muhimligini anglatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: muloqot qilish malakalarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: Konstitutsiya moddalari – har bir o’quvchiga (guruhda ishlashi uchun) (tarqatma material ilova qilinadi).

 

Darsning tashkiliy qismi:

O’quvchi darsni kirish so’zi bilan boshlaydi: biz sizlar bilan xuquqlar xaqida juda ko’p gaplashganmiz. Keeling, yana bir karra eslab olamiz:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
  2. Konstitutsiya necha bo’lim, bob va moddadan iborat?
  3. Muqaddimada nimalar haqida yozilgan? (javoblar ilova qilinadi)

Mana eslab ham oldik. Endi sizga murakkabroq vazifa beriladi.

Vazifa№1: Kichik guruhlar tashkil qilinadi. Har bir kichik guruhga (kichik guurhlar 4 kishidan iborat bo’ladi, yani 1 – partadagilar 2 – partaga; 3 – 4 – partaga; 5 – 6 – ga o’tirib oladilar). Har bir guruhga konvertlar tarqatiladi. Har bir konvertda bir nechta moddalar yozilgan kartochkalar bor. Sizning vazifangiz, ushbu moddalar qaysi bo’limga tegishli ekanligini topasiz va xayotdan biror misol keltirasiz. (5 – 7 min)

Vazifa№2: Har bir o’quvchi qo’liga 1 tadan kartochkani olib xona bo’ylab xarakatlanadi va o’zidagi informatsiyani boshqa o’quvchilarga gapirib berishi, so’ng eshitgan o’quvchining ham informasiyasini eshitib borishi kerak. Shunday qilib har bir o’quvchi kamida 5-6 ta moddalarda nimalar yozilganini bilib olishi zarur. Vaqt 10 – 15 min.

Muxokama uchun savollar:

  1. xozirgi o’tkazilgan jarayondan nimalar esingizda qoldi? (qaysi moddalar?)
  2. Qaysi xuquqlar xaqida endi eshitdingiz?
  3. Sizni quvontirgan xuquq bo’ldimi?
  4. nima deb o’ylaysiz, kelajakda siz qaysi xuquqlardan foydalanishingiz mumkin? Nima uchun?

Baxolash: Umumiy savol javoblarda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa: matbuotdan (gazeta jurnallardan) xuquqlari himoya qilingan voqea, xodisalardan ma’lumot tayyorlab kelish.

 

Ilova№1.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda 12 chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.

Konstitutsiya 6 bo’limdan 26 bob, 128 moddadan iboratdir. Ushbu boblarda O’zbekiston fuqarolarning erki, huquqlari bayon etilgan.

Muqaddima: O’zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suveriniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatini anglagan holda, o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, Respublika fuqarolarining munosib xayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash naqsadida, o’zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

 

1 – Guruxga:

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar (2 – modda).

O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf – odatlari va ananalarihurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. (4 – modda).

O’zbekiston Respublikasi o’z xududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi (22 – modda).

Voyaga etmagan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota – onalari xaqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar (66 – modda).

2 – guruxga:

O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi (8 – modda).

Yashash xuquqi har bir insonning uzviy xuquqidir. Inson hayotiga suyiqast qilish eng og’ir jinoyatdir (24 – modda).

Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish xuquqiga egadirlar. Ish vaqti va xaq to’lanadigan mehnat tatilining muddati qonun bilan belgilanadi (38 – modda).

Er, er osti boyliklari, suv, o’simlik va xayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir (55 – modda).

3 – guruxga:

Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsplari asosida amalgam oshiradi (14 – modda).

O’zbekiston Respublikasida sud xokimyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatlardan, siyosiy partoyalardan, boshqa partiya birlashmalaridan mustaqil xolda ish yuritadi (106 – modda).

Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajralgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi (61 – modda).

O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini taminlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlarga ega (126 – modda).

4 – guruxga:

Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi xuquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mukin emas.

Bironta ham qonun yoki normative – xuquqiy xujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16 – modda).

Xar kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik xuquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan xolda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas (25 – modda).

Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega (40 – modda).

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan xolda faoliyat yyuritishini hamda hamkorligini taminlaydi (89 – modda).

5 – guruxga:

O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerb va madhiyasiga ega (5 – modda).

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika xududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, O’zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir (28 – modda).

Ota – onalar o’z farzandlarini voyaga etkunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota – onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni taminlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi (64 – modda).

Xamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan xollardagina yo’l qo’yiladi (113 – modda).

6 – guruxga:

Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalgam oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart (20 – modda).

Xar kim bilim olish xuquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir. (41 – modda)

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va Qonunlarga asoslanib xamda ularni ijro etish yuzasidan Respublikaning butun xududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoishlar chiqaradi. (94 – modda).

O’zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Marsaziy banki boshqaradi. (124 – modda).

7 – guruxga:

Xamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga etiqod qilishi yoki hech qaysi dinga etiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo’l qo’yilmaydi (31 – modda)

Xar bir shaxs mulkdor bo’lishga xaqli. Bankga qo’yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi (36 – modda).

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona bo’lishga majburdirlar (50 – modda).

Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir xamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish xuquqiga ega.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng xuquqliligiga asoslanadi (63 – modda).

8 – guruxga:

Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo’yish faqat sud qarori asosidagina amalgam oshiriladi (62 – modda).

Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa xaq to’lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo’lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas.

Prezidentning shazsi dazlsizdir va qonun bilan muxofaza etiladi (91 – modda).

Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr – qimmatini xurmat qilishga majburdirlar (48 – modda)

Fuqarolar qonun bilan belgilangansoliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar (51 – modda).