Do‘stga do‘st-u dugona tilim,
Begonaga begona tilim.
Beshigimda yagona tilim,
Ona tilim.

«… Lug‘otit turk»,
«Qutadg’u bilig», —
0‘zbegimni o’stirgan ilik,
Odamiyga odamgarchilik,
Ona tilim.Qizlariday iffatli tilim,
Qardoshiga izzatli tilim.
Tilim, tilim va yana tilim,
Ona tilim.

Ulus tilim, elat, xalq tilim,
Ulug‘ tilim, abad haq tilim,
Navoiyga zo‘r ilhaq tilim,
Ona tilim.

Ota bo‘lib otlangan tilim,
Ona bo‘lib shodlangan tilim.
Bola bo‘lib yodlangan tilim,
Ona tilim.

Boshimda bosh bor ekan — borsan,
Ko‘zimda yosh bor ekan — borsan.
Told quyosh bor ekan — borsan,
Ona tilim.