REJA

1.    Ona tili fanidan orfografik ko`nikmalarini oshirish

2.    Xusnixat daftaridan to`g`ri foydalanish.

3.    Bolalarni qo`l motorikasini va xotirasini rivojlantirishga yo`naltirish.

4.    Didaktik rasmlarga qarab so`z va gaplarni to`g`ri tuzishga o`rgatish va  chroyli yozish ko`nikmalarini oshirish.

Ertaklar  yaxshilikka  yetaklar  

 

 

 
 

 
 

O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida taraqqiyot yoliga tushgan bugungi kunning istiqbolli kelajagini  ta’minlash                                                                                                                                            ko’p jihatdan hozirgi yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalashga bog’liqdir. Bunga ta’lim tarbiya jarayoni diyorimizdagi barcha xalqlar ma’naviy yuksalishining muhim omili bo’lish, bolalarni boshlang’ich sinfdanoq (dushanba kuni Davlat bayrog’ini baland ko’tarib, Davlat madhiyasini aytib dars o’tishdan boshlab) ozodlik va mustaqillikni anglash hamda ularni qadrlash ruhida tarbiyalash, tarixiy-milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ta’lim tizimini yaratish orqali erishiladi.       Bolaning qanday inson bolib yetishuvi ota-ona tarbiyasi va atrof-muhit ta’siriga bog`liq. Bola yoshlikdan ota-onasi, o`rtoqlari, atrofidagi kishilardan ma’naviy oziq oladi, ularga taqlid qiladi, ko`pgina urf-odatlarni, xulq-odobni o`zlashtiradi. Bola tarbiyasida ularning yosh jihatiga, ruhiyat va tushunchasiga, fe’l-atvoriga alohida ahamiyat berish zarur deb hisoblaymiz.    Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z o’quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratishi, ya’ni o’qishga, ta’lim olishga qiziqtirish va ishtiyoq uyg’otish bilan birga ularning idrok etish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashlarini kengaytirish kabi sifatlarini o’stirishda o’z kasbiy faoliyatini to’liq safarbar etmog’i lozim. Bunda ular o’z o’quvchilarining ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtai nazaridan), ma’naviy ehtiyoji, yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan mahalladagi muhit umumsog’ligi) kabi omillarni e’tiborga olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi va yoshlardagi burchga mas’uliyat Qavobgarlik) hissini tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal egallagan bo’lmog’i lozim.    Xalq og`zaki ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Ertaklar xalq hayoti, milliy ma’naviyati, urf-odatlari, udumlari, an’analari, orzu-umidlarini aks ettirib,  insonlarga axloqiy va badiiy ozuqa beradi.

 

 

 
 

 
 

 
 

 

 

   

 
 

“Ertaklar yaxshilikka yetaklar” deb xalqimizda bejiz aytilmagan. Ertaklar har bir xalqqa xos va mos bo`lgan hikoyatlardir. Xalq ertaklari bolalarni axloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy rivojlantiradi Ertaklar bizga ko`pgina yaxshi xotiralarni eslatadi. Insonlar bolaligidan boshlab yaxshilikka, ezgulikka doimo intilib yashaydi. har bir bola ertak tinglayotgan chog`ida qahramonlardan biriga o`xshashni, ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Bolalarning kitoblardagi rasmlarni qanday qiziqish bilan tomosha qilishlari, kattalarning nutqini qanday maroq bilan tinglashlari ertaklarga bo`lgan ijobiy munosabatda ekanligidan dalolat beradi. Ertaklardagi obrazlar xis-hayajonga boy, rangdor va shu bilan birga bolalarning tushunishi uchun sodda, haqiqatga yaqinligi bilan o`ziga rom etadi. Ertaklar yordamida bolalarning  xotirasi, diqqat, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va fantaziyalari uyg`otiladi. Fantaziyalarining uyg`otilishi har xil hayvonlarning kesilgan tanalarini birlashtirish orqali turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol ko`rinadi. Shu bilan birga, ertaklar asosida bolaning nutqi, tafakkuri o`sishi bilan bir qatorda dunyoqarashi ham kengayib boradi. Ertaklar tinglash, o`qsh – ona tilida til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ertaklarda tabiat manzaralari ham tasvirlanadi. Bola bepoyon, go`zal, musaffo dalalarni, sershov?in o`rmonlarni, baland-baland tog`larni, ajoyib oq oltin maydonlarini, tez oqar daryolani, g`orlarni ko`radi, ulardan zavqlanadi». «Sholg`om», «Bo`g`irso?», «Bo`ri va yetti uloq», «Qumursqa», «Chivinboy» kabi ko`plab ertaklar yaratilgan.Har bir ertakning o`z qoyasi bor. Masalan, «Sholg`om» o`yin ertagi bolalarni fikrlashga, voqyealarni ketma-ketlikda aytishga undaydi, “Kuch birlikda” degan g`oyani anglab yetishlarini ta’minlaydi.     Ertaklardagi qahramonlardan birining almashinib borishi orqali yuzaga keladigan takrorlar bolalarning nutqini o`stirishga, nutq madaniyatini (nutqni to`g`ri tushunish, to`g`ri so`zlash, ohangiga rioya etib ifodali gapirish) egallashlariga yordam beradi. Bugina emas, ertakdagi voqyealar bir-biriga bog`liq ravishda sodir bo`lar ekan, bolalar ana shu aloqadorlikni, odamlar o`rtasidagi munosabatlarnih?am anglay boshlaydilar. Matnni o`qib berishdan oldin uning sarlavhasi aytiladi va bolalardan shu nomdagi ertakni eshitgan-eshitmaganliklari so`raladi. Shubhasiz, bolalarga xos bo`lgan tashabbuskorlik, bilgan narsalari haqida o`z o`rtoqlari bilan ulashish istagi mavjudligi tufayli ko`pgina ijobiy javoblar olish mumkin. Sarlavha asosida ertakning nima haqida ekanligini aytib berish so`raladi. Bundan maqsad shuki, birinchidan, sarlavha yordamida bolalarni o`ylashga majbur etish, ikkinchidan, erkin muloqotga qatnashtirish. Ular ko`pincha o`z fikr-mulohazalarini bildirgan holda  qahramonlarga tavsif bera boshlaydilar. Masalan, Zumrad mehnatsevar qiz. Qimmat esa yalqov. Bunday suhbatlar bolalarda ko`proq ertak tinglab borish kerak ekan degan xulosaning shakllanishiga olib keladi.Boshlang`ich sinf bolalari bitta ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga ko`ra ham uni bir marta emas, bir necha marta o`qib berish maqsadga muvofi? bo`ladi. Bunda tarbiyachi: «Bolalar, ertak yoqdimi? Mazmunini tushundinglarmi? Yana bir marta o`qib beraymi?» deb murojaat etib turishi kerak.Ertakning o`ziga xos xususiyatlaridan biri uning qahramonlaridan biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo`ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bo`lsa, u atrof olamni go`zallik bilan        boyitadi. Albatta, kuchli bo`lish uchun gavdali odam, pahlavon bo`lish shart emas. Kichkina bolalar ham kuchli va jasur bo`lishlari mumkin. Ertakda mitti tipratikon ham sahovatli, qalban mard, tirishqoq bo`lgani uchun kuchli va jasur qahramonga aylanadi.Ertak o`qib bo`lingandan keyin bolalarni umumlashma, xulosa chiqarishga undash, «Agarda sen uning o`rnida o`lganingda nima qilgan bo`lar eding?, Seningcha ertak qahramoni yaxshimi yoki yomonmi?, Agarda u qilishi kerak bo`lgan ishni bajara olmaganda nimalar yuz berishi mumkin edi?» kabi savollar berib, erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi.O`qituvchi tomonidan mahorat bilan yetkazilgan ertaklar bolada ko`tarinki, quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga, kichkintoy bilan xis-hayajonli, do`stona muloqotni o`rnatishga, sezdirmay, osonlik bilan tarbiyaviy ta’sirni tashkil etishga, atrof-muhit haqidagi bilim va ma’lumot zahiralarini samarali to`ldirishga imkon yaratadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida badiiy matn bilan tanishuv asosan eshitish orqali sodir bo`ladi, shuning uchun asosiy diqqatni matnni ifodali o`qish mahoratiga, kerakli joylarda mantiqiy urg`u berish, to`xtamlariga amal qilish, shuningdek, matnni qabul qilishga yordam beradigan rangli illustratsiyalar tanlashga qaratmoq lozim.Mazkur yoshda bolalar hamma narsani to`g`ridan-to`g`ri qabul qiladilar, shuning uchun taklif etilayotgan illustratsiyalar imkoni boricha hayotga mos (realistik) bo`lishi, ya’ni quyon bo`ridan katta bo`lmasligi, qarg`a chumchuqqa o`xshab ?olmasligi lozim va hokazo. «Ertak bizni nimasi bilan qiziqtiradi?» degan savol tug`iladi.  Birinchidan,  timsolga aylanish orqali bolalar hayvonlarning xulq-atvorini va yurish-turishini, nutqi, harakati, ovozi, imo-ishoralari bilan kengroq tanishadilar. Ikkinchidan, ertaklarda foydalaniladigan she’rlar, ularni ravonlik bilan ashula qilib aytishda bolalar uchun tovushlarni avtomatik ravishda egallash, musiqiy bilimini rivojlantirish oson kechadi.  Uchinchidan, sahnalashtirishda biz asosiy maqsadga: muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish va ovozlantirish orqali, tegishli ohangni tanlash orqali ifodali nutqqa erishamiz.   Biz bolalarning so`z boyligini oshirar ekanmiz, albatta, ertaklar tasvirlangan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiramiz. Rasm asosida suhbatda e’tibordan chetda qolgan  joylarga turli yo`naltiruvchi savollar orqali  bolalar diqqatini qaratmoq lozim. Masalan, «Sholg`om» ertagi asosida bolalarga quyidagicha savollar berish tavsiya etiladi: Sholg`omni kim birinchi bo`lib tortdi? Chol kimni chaqirdi? Kampir kimning orqasidan turdi? Kampir kimni chaqirdi? Kampirning oldida kim turibdi? Kampirning orqasida kim turibdi? Ertakda yana nimalar sodir bo`ldi? Hammaligi birgalikda sholg`omni tortib ololdilarmi? Kim bu ertakda eng balandi?  Kim eng pasti? va hokazo.Bundan tashqari, ertaklarning mazmunini hikoya qilishga o`rgatish,  shu jarayonda bolalarning so`z boyligini oshirish ishini tasviriy faoliyat hamda loy ishi bilan uzviylikda  amalga oshirish ma?sadga muvofiqdir. Masalan, loy ishida ayiq, ilon, toshbaqa, quyon, uycha kabi ertak personajlarini yasash orqali bolalarda sezish va idrok qilish tajribasi, tasavvur, xotira, diqqat rivojlanadi, aqliy qobiliyati yanada kamol topadi. Shuningdek, kichkintoyning nutqiy faolligi ortadi, nutqni to`?ri tushunish malakasi mustaqkamlanadi.Bundan tashqari, turli mavzuga tegishli ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar (illustratsiyalar) tanlanlanadi. Rasm idrokni yana ham chuqurlashtiradi. Bolalar ertakni tinglash paytida ko`z oldilariga keltirishga ulgurmagan jihatlar: qahramonlarning kiyinishlari, o`zlarini tutishlari va boshqa holatlar rasm yordamida jadal anglanadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ertak asosida rasmlar chizishni ham topshirish foydali. Rasm chizish paytida bolada axborot yetishmasligi seziladi. U o`qituvchidan ba’zi narsalarni so`rab bilishga intiladi. Natijada ertak mazmuniga yanada chuqurroq kirib borish uchun imkoniyat paydo bo`ladi. Shu bois, ertak asosida bola tomonidan chizilgan rasmlarda axborot ko`proq bo`ladi. Ular chizgan rasmlarga chuqur nazar tashlansa, uning mazmuni, tasvirning tavsifi, ifodalilik vositalari tahlil qilinsa, qaysi ertak qahramoni bolaga yoqqani, unda qanday xis-hayajon uyg`otganini bilish mumkin. Ertakning bolalarda tug`ilayotgan xis-hayajonga ta’siri nechog`lik jadal bo`lsa,  ular chizgan rasm shunchalik qiziq va rang-barang bo`ladi. Bundan tashqari, bolalar o`zlari chizgan rasmlarni (odam, hayvon) qirqib olib erkin mavzularda o`yin o`ynashni ma’qul ko`radilar.Ushbu janrga odob-axloq haqida g`oyalar ilgari surilishi bilan bir qatorda tarbiyaning turli metod va vositalariga ham alohida e’tibor qaratadi. Masalan, “hunarsiz kishi o`limga yaqin”  ertagida o`tinchining qizi podshohning hunar egallashiga sababachi bo`ladi. natijada rldshoh gilam to`qishni o`rganadi va shu hunari orqali o`limdan qutilib qoladi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ko`proq taqlidchan bo`lishadi. ular ota-onalari, aka-opalari, ertak qahramonlarining xulq-atvorlarini kuzata turib, ularga taqlid qiladilar. ayniqsa, bolalarga ertaklardagi ijobiy obrazlar yaxshi namuna bo`la oladi. yana shunisi ham borki, ular faqat ijobiy xatti-harakatdargagina taqlid qilavermaydilar. o`qituvchi bolalarga ijobiy sifatlarga ega ertak qahramonlarini namuna, ibrat qilib ko`rsatmog`i lozim. Ulardan o`rnak olsa arziydi. “Yaxshilikka yomonlik ” ertagidagi chorasiz qolgan ilonga yordam bergan odam timsoli orqali bolalarni qar qanday vaziyatda nafaqat insonlarga, balki hayvonlarga ham g`amxo`r va mehribon bo`lishga undash orqali  yaxshilikka yomonlik qilishning oxiri voyligi ibrat qilib ko`rsatiladi.Kattalar bolalarga ertak o`qib berish mobaynida ertak elementlari orqali ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan holda obrazli tafakkurining o`sishiga ma’lum darajada ta’sir etadilar. Sekin-asta bolaning o`zi ham bu jarayonda ishtirok eta boshlaydi, ya’ni avval rasmlarni tomosha qiladi, so`ngra ovozga tahlid qilish orqali ertak qahramonlarining nomini aytishga, tanish jumlalarni davom ettirishga harakat qiladi va nihoyat, ertakni qayta so`zlab beradi. Keyingi jarayonlarda u bir necha ertakni qiyoslash, taqqoslash, ertak qahramonlariga taqlid qilish va tavsif berish, mavzuli yo`nalishda o`zgarishlarni sezish qobiliyatiga ega bo`ladi. Agarda bola savollarga javob berish va matnni diqqat bilan eshitish qobiliyatiga ega bo`lsa, demak, uning nutqi me’yorida rivojlanayotgan bo`ladi. Shuning uchun matn bilan ishlash ikki bosqichda olib borilishi kerak: bolalar  bitta matnni bir necha kun davomida eshitadilar (bunda qabul qilishdagi  yaxlitlik  saqlanishi  uchun  matnni  har  gal oxirigacha  o`qish  lozim), matn yuzasidan beriladigan savollar ham, javoblar ham har xil bo`lishi kerak.Ertaklar o`quvchilar  o`rasida o`zaro munosabatlarni hamda darsda o`quvchilar faoliyatini faollashtirish va ularning o`qishga boi`lgan qiziqishini orttiradi.          Tasavvur ijodiy faoliyatning rivojlanishi davomida orttirib, yig`ilib borgan hayotiy tajribaga suyanadi. Ertaklar ana shu tasavvurning rivojlanishini  tezlashtiradi va mustahkamlaydi.Ertaklarqanday bo`lishidan qa’tiy nazar, u rivojlantiruvchi, xotirani mustahkamlovchi, orzu-fantaziya qilishga o`rgatuvchi, sabr-toqatga undovchi, ichki tuyg`ularni yuzaga chiqaruvchi omil hisoblanadi. O`zbek oilalarida bolalarning mehnatga mehr qo`yishida qadimdan kattalarning o`zlari namuna ko`rsatib kelganlar.Xalq ertaklari doimo kishilarni yaxshi inson bo`lishga chorlaydi. “Ur, to`qmoq”, “Ochko`z boy”, “Hiylagarning jazosi” ertaklarida dangasalik, o`jarlik, qizg`anchiqlik, xiyonat kabi salbiy odatlar qoralanadi. ertaklarda mehribonlik, mehnatsevarlik, rostgo`ylik kabi fazilatlarni  salbiy xulq-atvorga qarama-qarshi  qo`yish orqali bolalar hrtasida qizg`in bahs, munozara uchun sharoit yaratiladi. shunga ko`ra o`qituvchi dars jarayonida ertakning mazmun-ilhiyatini tliq ochib bera bilishi kerak. uni tinglayotgan bola ertak qahoamonining g`alabasidan xursand bo`lib, unda salbiy qahramonga nisbatan nafrat uyg`onadi.“Ochko`z boy” ertagidagi boy va kambag’al dehqonni «Venn diagrammasi» orqali tasvirlash mumkin.